5-iyundan oliy va professional ta'lim muassasalariga o'qishga kirish istagidagi abituriyentlar uchun qabul boshlanadi
Call Button

5-iyundan oliy va professional ta'lim muassasalariga o'qishga kirish istagidagi abituriyentlar uchun qabul boshlanadi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori maslahatchisi Zohid Shakarov maʼlum qildi.

Oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi.

Davlat OTMlari bakalavriatiga qabul jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun my.uzbmb.uz saytida onlayn roʻyxatdan oʻtadi hamda quyidagilarni tanlaydi:

Faqat test sinovida ishtirok etsa:

✔️fanlar majmuasi;

✔️taʼlim tili;

✔️test topshirish hududi.

Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida oʻqish istagini bildirsa (ijodiy imtihon) topshirsa:

✔️taʼlim tili;

✔️test topshirish hududi;

✔️alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishi;

✔️kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan davlat OTM.

2-bosqichda abituriyentlar test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davomida my.uzbmb.uz sayti orqali quyidagilarni tanlaydi:

✔️oliy taʼlim muassasasi;

✔️bakalavriat taʼlim yoʻnalishi;

✔️taʼlim shakli;

✔️tanlov ustuvorligi.

Abituriyentning test sinovida toʻplagan ballari imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha tanlov natijasi qabul jarayonining 2-bosqichi toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

⚡️Kollej va texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar OTMlariga qabulning yakuniy natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi:

✔️kollej va (yoki) texnikum;

✔️kasb va mutaxassislik;

✔️taʼlim shakli.

Natijasi bir hafta muddatda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

⚡️Fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollari bilan Agentlikning 1195 ishonch telefoniga murojaat qilishlari mumkin.